OTMlarda kontrakt to‘lovi va talabalikka qabulni rasmiylashtirish muddati uzaytirildi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovini amalga oshirish va talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish muddati 15-oktabrgacha uzaytirildi.
Mazkur muddat quyidagi toifadagi fuqarolarga taalluqli:
— bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilganlar;
— o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan talabalar;
— qayta tiklangan talabalar.
Belgilangan muddatgacha bazaviy kontrakt bo‘yicha to‘lovning kamida 25 foizi amalga oshirilishi lozim.
Tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar esa 15-oktabrgacha kontrakt summasining kamida 50 foizini to‘lashi kerak.
Shuningdek, belgilangan to‘lov amalga oshirilgach, talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish jarayoni yakunlanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
