Yangiliklar/Siyosat

Amanbay Orinbayevga general-mayor maxsus unvoni berildi

Siyosat 19 sentyabr, 13:50
Amanbay Orinbayevga general-mayor maxsus unvoni berildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida o‘tkazilgan Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayevga general-mayor maxsus unvonini berilganini ma’lum qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlat rahbari Orinbayevning ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirishdagi hissasi, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyishta hayotini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlarini alohida ta’kidladi. Shuningdek, uning jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va totuvlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi ham qayd etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amanbay Orinbayev 2022-yil avgust oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi etib tasdiqlangan. U ushbu lavozimda Murat Kamalov o‘rnini egallagan. Bungacha u Nukus shahar IIB boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbari, Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari hamda respublika ichki ishlar vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekiston IIV Jamoat tartibini saqlash xizmatida ham rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2022-yil iyul voqealaridan keyin Orinbayev Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan, keyinchalik esa Jo‘qorg‘i Kenges raisi lavozimini egallagan.

1770

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→