Yangiliklar/Jamiyat

Chilonzorda IIV xizmatlari markazi quriladi

Jamiyat 17 sentyabr, 20:16
Chilonzorda IIV xizmatlari markazi quriladi

Toshkent shahar hokimligi Chilonzor tumanida Ichki ishlar organlarining aholi uchun xizmatlar markazini qurish maqsadida yer maydoni ajratdi.

0,08 gektarlik yer uchastkasi "Qozirabod" mahallasi hududida, Kichik halqa yo‘li bo‘ylab joylashgan. Yangi markaz Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tarkibida faoliyat yuritadi.

Markazda fuqarolarga quyidagi yo‘nalishlarda xizmatlar ko‘rsatiladi:

  • migratsiya masalalari;
  • yo‘l harakati xavfsizligi;
  • probatsiya xizmatlari.

Loyiha doirasida Toshkent shahar IIBB hududning topografik xaritasi va geologik xulosasini tayyorlaydi. Shuningdek, loyiha tashkiloti bilan shartnoma tuzilib, qurilish hujjatlari ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

9910

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→