Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda Salar kanali boʻylab yangi sayr hududi barpo etiladi

Jamiyat 16 sentyabr, 10:15
Toshkentda Salar kanali boʻylab yangi sayr hududi barpo etiladi

Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek tumanida Salar kanalining qirg‘oqbo‘yi hududi obodonlashtiriladi. Taxminan 1,5 kilometr uzunlikdagi uchastka dam olish va sayr qilish uchun jamoat makoniga aylantiriladi.

Loyiha Mirzo-Ulug‘bek tumani hokimiyati binosidan Markaziy madaniyat va istirohat bog‘igacha bo‘lgan hududni qamrab oladi. Ishlar «Mirzakalon Ismoiliy» va «Asaka» mahallalari orqali o‘tuvchi uchastkada amalga oshiriladi.

Tuman hokimiyatida ma’lum qilishlaricha, mavjud daraxtlar va yashil ekinlar saqlab qolinib, tartibga keltirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, kanal bo‘ylab joylashgan binolar inventarizatsiyadan o‘tkaziladi, belgilangan qoidalar buzilgan holda egallangan hududlar esa qonunchilik talablariga muvofiqlashtiriladi.

Obodonlashtirish doirasida quyidagilarni tashkil etish ko‘zda tutilgan:

  • piyodalar yo‘laklari;
  • veloyo‘laklar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus yo‘nalishlar;
  • o‘rindiqlar va so‘rilar o‘rnatilgan dam olish zonalari;
  • bolalar maydonchalari;
  • sport workout-zonalari.

Alohida e’tibor biznesni rivojlantirishga qaratilishi rejalashtirilgan. «Mirzakalon Ismoiliy» mahallasidagi 1A, 2, 3, 5 va 7-uyli ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida bo‘sh maydonlardan tadbirkorlik obyektlarini joylashtirish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun foydalanishmoqchi.

4710

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→