Xitoy fuqarolarining xorijga chiqish qoidalarini qat’iylashtirdi

Dunyo 15 sentyabr, 20:25
Xitoy fuqarolarining xorijga chiqish qoidalarini qat’iylashtirdi

Xitoyda fuqarolarning mamlakatdan chiqib ketishini milliy, sanoat va texnologik xavfsizlik nuqtayi nazaridan cheklash imkonini beruvchi chegara nazoratining yangi qoidalari kuchga kirdi.

Yangi normalarga ko‘ra, hokimiyat organlari fikricha, xorijda mamlakat manfaatlariga zarar yetkazgan yoki texnologiyalarni eksport qilish va uzatish bilan bog‘liq qoidalarni buzgan fuqarolarga nisbatan cheklovlar qo‘llanishi mumkin. Ayrim hollarda mamlakatdan chiqishga taqiq uch yilgacha amal qilishi mumkin.

Chegara xizmatlari safar maqsadlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish hamda fuqarolarni ayrim mamlakatlar va hududlarga borishdagi xatarlar to‘g‘risida ogohlantirish huquqiga ega bo‘ldi.

O‘zgarishlar Pekin strategik jihatdan muhim deb hisoblaydigan, jumladan sun’iy intellekt, yarimo‘tkazgichlar va boshqa yuqori texnologiyali tarmoqlarni ham qamrab oladi.

Xitoy rasmiylari yangi choralar milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilganini va fuqarolarning odatiy xorijiy safarlarini cheklamasligini bildiradi. Shu bilan birga, ekspertlar ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda davlatning mamlakatdan chiqish ustidan nazorati izchil kuchayib bormoqda.

6930

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→