Yangiliklar/Jamiyat

Urganchda avtomobil rulida 15 yoshli maktab oʻquvchisi ushlandi

Jamiyat 15 sentyabr, 17:55
Urganchda avtomobil rulida 15 yoshli maktab oʻquvchisi ushlandi

Urganchda YPX xodimlari mahalla ichki yo‘llarida avtomobilda yurgan va to‘xtash talabi berilgach qochishga uringan 15 yoshli o‘smirni ushladi.

Tekshiruvga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video sabab bo‘ldi. Lavhalarda VAZ-2107 avtomobili haydovchisi yuqori tezlikda hovli hududida harakatlanib, shovqin ko‘targani ko‘rinadi. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari yetib kelgach, o‘smirga to‘xtash ishorasi berilgan, biroq u talabni e’tiborsiz qoldirib, qochishga uringan. Qisqa ta’qibdan so‘ng u ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, rulda Urganch tumani 2-maktabining 9-sinfida o‘qiydigan 15 yoshli o‘quvchi bo‘lgan. Voyaga yetmaganning ota-onasi uzr so‘rab, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bildirgan.

O‘smirning otasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi bo‘yicha — tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxsni avtomobil boshqaruviga qo‘yib yuborgani uchun — ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi.

6880

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→