Shikastlangan avtomobil davlat raqamini endi onlayn almashtirish mumkin

Oʻzbekistondagi avtomobil egalari shikastlangan davlat raqam belgisini my.gov.uz portali orqali, ariza topshirish uchun YPXga bormasdan tiklashlari mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portalida «Shikastlangan avtotransport vositasining davlat raqam belgisini tiklash» servisni tanlash, elektron arizani toʻldirish hamda shikastlangan raqamning aniq fotosuratini ilova qilish kerak.
Murojaat vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilgach, arizachiga toʻlov uchun hisob yuboriladi. Toʻlov amalga oshirilgach, ko‘rsatilgan hududiy bo‘linmaga murojaat qilish, eski raqam belgisini topshirish va yangisini olish qoladi.
Xizmat narxi:
- raqam belgilar to‘plami uchun 1 980 000 soʻm (4,5 BHM);
- bitta raqam belgisi uchun 990 000 soʻm (2,25 BHM).
Idorada ta’kidlanishicha, shikastlangan raqamning fotosurati sifati arizaning ko‘rib chiqilish tezligiga ta’sir qiladi. Aniq tasvir qo‘shimcha so‘rovlarning oldini oladi va xizmatni rasmiylashtirishni tezlashtiradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
