Yangiliklar/Jamiyat

Qarshida texnika universiteti binosida yongʻin sodir boʻldi

Jamiyat 14 sentyabr, 14:47
Qarshida texnika universiteti binosida yongʻin sodir boʻldi

Qarshida Qarshi davlat texnika universiteti bosh binosi tomi yonib ketdi. Yong‘inni bir soatdan ortiq vaqt ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lindi, jabrlanganlar yo‘q.

Viloyat FVB boshqarmasida ma’lum qilinishicha, Qarshi davlat texnika universiteti bosh binosi tomida yong‘in chiqqani haqidagi xabar 14-sentabr kuni soat 14:53 da kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni soat 15:57 ga kelib cheklab, to‘liq bartaraf etgan.

FVB ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Qurbonlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda mutaxassislar yong‘in kelib chiqish sabablarini va moddiy zarar miqdorini aniqlamoqda.

4590

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→