Yangiliklar/Ekologiya

Oʻzbekistonda bu hafta +37 darajagacha issiq boʻlishi kutilmoqda

Ekologiya 14 sentyabr, 18:26
Oʻzbekistonda bu hafta +37 darajagacha issiq boʻlishi kutilmoqda

Joriy hafta O‘zbekistonda sentabr o‘rtalari uchun iqlimiy me’yorga yaqin bo‘lgan harorat bilan mo‘tadil iliq ob-havo saqlanib turadi. Mamlakatning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘irlar va shamol kuchayishi mumkin.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, kechasi havo harorati +13 dan +18 darajagacha bo‘ladi, kunduzi esa +28...+33 darajagacha isiydi. Janubiy hududlarda termometr ustunlari +35...+37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Mamlakatning katta qismida quruq ob-havo kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim tumanlarida 16 sentyabr kuni qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi. Chorshanba, 16 sentyabr kuni respublikaning ayrim joylarida shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda changli to‘zon kuzatilishi mumkin.

Mamlakatning tog‘li hududlarida 14–17 sentyabr kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik prognoz qilinmoqda. Poytaxtda 14–18 sentyabr kunlari yog‘ingarchiliksiz, kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.

  • kechasi: +15...+18 daraja;
  • kunduzi: +30...+33 daraja.

Shamol sharqdan, 3-8 m/s.

1,3290

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→