Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya hamkorlik boʻyicha bitimlar paketini imzoladi

Siyosat 14 sentyabr, 17:53
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya hamkorlik boʻyicha bitimlar paketini imzoladi

Seuldagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Li Che Myon ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar paketini qabul qildi.

Imzolangan hujjatlar bilan almashish marosimi oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki davlat rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Bitimlar paketi hamkorlikning keng doiradagi yo‘nalishlarini, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarni qamrab oladi.

Xususan, hujjatlarda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilgan:

  • transport va aviatsiya;
  • qishloq xo‘jaligi;
  • turizm;
  • sun’iy intellekt;
  • texnik ko‘mak;
  • oliy, maktab va maktabgacha ta’lim;
  • tibbiy mahsulotlarni tartibga solish;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish;
  • iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash;
  • intellektual mulkni himoya qilish;
  • arxiv ishi.

Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish o‘zbek-koreys hamkorligini yanada mustahkamlash hamda yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

1,1220

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→