Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda 7 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

Jamiyat 13 sentyabr, 15:56
Toshkentda 7 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

Toshkent shahrining Oqqo‘rg‘on ko‘chasida kommunal tarmoqlarni ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 7 ta avtobus yo‘nalishining harakatiga vaqtincha o‘zgartirish kiritildi.

№2 va 136-sonli avtobuslar «Gidrometeorologiya markazi» bekatigacha qatnaydi.

№58 va 199-sonli yo‘nalishlar esa vaqtincha «NBU sport majmuasi» bekatigacha qisqartirildi.

№88-sonli avtobuslar yopilgan yo‘l qismini aylanib o‘tish uchun Katta Darxon, Kichik halqa yo‘li va Parkent ko‘chalari orqali harakatlanadi.

№89 va 95-sonli avtobuslar Osiyo, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik shohko‘chasi hamda Parkent ko‘chalari orqali aylanma yo‘nalishda qatnaydi.

Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish va imkon qadar muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi.

3,3620

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→