Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Siyosat 13 sentyabr, 13:39
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Davlat tashrifi bilan Seulga kelgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan yurtdoshlar bilan uchrashdi.

Davlat rahbari ular bilan suhbatlashib, ish va o‘qish jarayoni, kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtdoshlarning orzu va maqsadlari, shuningdek, davlat tashrifi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlarga ish va o‘qishlarida muvaffaqiyat tilab, Janubiy Koreyada egallayotgan zamonaviy bilim, ko‘nikma va tajribalari O‘zbekiston rivoji hamda xalq farovonligini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

8540

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→