Prezident davlat tashrifi bilan Seulga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi doirasida Seulga yetib bordi.
Janubiy Koreya Respublikasi Harbiy-havo kuchlari aviabazasida O‘zbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi va artilleriya salyuti berildi.
Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
Uch kunlik tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik, Bosh vazir Xan Son Suk, yirik koreys kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari, shuningdek, Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Prezident, shuningdek, O‘zbekiston–Koreya biznes-forumining ochilish marosimida nutq so‘zlaydi.
16-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
Tashrifning siyosiy va iqtisodiy kun tartibi bilan bir qatorda Seul va Janubiy Koreyaning boshqa shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari ham o‘tkaziladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
