Zarafshan hududi 2459 gektarga kengaytiriladi

Oliy Majlis Senati Navoiy viloyatidagi Zarafshan shahri hududini kengaytirish tashabbusini ma’qulladi. Shaharga Tomdi tumanidan 2459 gektar yer maydoni qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.
Senatda ma’lum qilinishicha, yangi hududlarda 250 dan ortiq sanoat va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, 500 dan ziyod savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish hamda 90 ta ijtimoiy muassasa qurish rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, aholi soni va ishlab chiqarish hajmlarining ortishi uy-joy hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda. Shu sababli shahar hududini kengaytirish taklif etilgan.
Yangi hududlarda uy-joylar qurilishi bilan bir qatorda yo‘llar, elektr tarmoqlari, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini barpo etish ham ko‘zda tutilgan. Senatorlar yerlarni Zarafshan tarkibiga qo‘shish faqat ma’muriy o‘zgarish bilan cheklanmasligi, hududlarni kompleks rivojlantirish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, Senat Surxondaryo viloyatidagi ikki tuman chegarasini o‘zgartirish masalasini ham ko‘rib chiqdi. Taklifga ko‘ra, 4740 gektar yer maydoni Jarqo‘rg‘on tumanidan Qiziriq tumaniga o‘tkaziladi. Mazkur hududda 4,2 ming nafar aholi va 710 ta oila istiqomat qiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
