Chorvoqda cho‘kib ketgan uch kishidan birining jasadi topildi

Fojia 2-sentabr Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Burchmulla mahallasi hududida sodir boʻlgan. Besh kishilik oila suv ombori boʻylab sayohat qilish uchun qayiq ijaraga oldi. Ma’lum qilinishicha, fojea 2-sentabr kuni «Burchmulla» mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Besh kishidan iborat oila suv omborida sayr qilish uchun kater ijaraga olgan. Katerda er-xotin, ularning qizi, ikki o‘g‘li va qayiq boshqaruvchisi bo‘lgan.
To‘xtab suratga tushayotgan paytda o‘g‘illardan biri cho‘milish uchun suvga tushgan. U qutqaruv nimchasini kiymagan. Shamolli ob-havo va suvdagi to‘lqinlar sabab yigitning oyog‘i tortishib qolgan. Shundan so‘ng unga yordam berish uchun avval otasi, keyin esa ukasi suvga sakragan. Biroq uchovlon ham suvdan chiqib keta olmagan. Qayiq boshqaruvchisi ham ularni qutqarishga uringan, ammo buning imkoni bo‘lmagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, 9-sentabr kuni soat 13:02 da qutqaruvchilar bedarak yoʻqolganlardan birining jasadini topdi. Yana ikki oila a’zosini qidirish davom etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
