Yangiliklar/Jamiyat

1-oktabrga qadar Oʻzbekistonda oʻqituvchilarga qoʻshimcha haq toʻlanadi

Jamiyat 8 sentyabr, 12:05
1-oktabrga qadar Oʻzbekistonda oʻqituvchilarga qoʻshimcha haq toʻlanadi

1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga qadar Oʻzbekiston umumiy ta’lim muassasalarining pedagog va boshqaruv xodimlariga 1 020 000 soʻmgacha mukofot puli toʻlanadi.

Ilgari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan mukofot miqdori eng kam ish haqining 50 foizigacha etib belgilangan edi. Prezidentning UV-51-son qarori bilan bu chegara eng kam oylik ish haqining 75 foizigacha oshirildi.

Hozirgi eng kam oylik ish haqi miqdori 1 360 000 soʻm boʻlsa, 75 foizi 1 020 000 soʻmni tashkil etadi. Shuni hisobga olish kerakki, bonusni hisoblashda oʻqituvchining haqiqiy maoshi emas, balki eng kam ish haqi asos qilib olinadi.

2,4280

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→