Samarqand 14 ta shahar orasida ko‘chmas mulk narxlari bo‘yicha yetakchi

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash Milliy markazi Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 14 ta yirik aglomeratsiyada turar joy va noturar obyektlarning o‘rtacha bozor narxlarini e’lon qildi. Ma’lumotlar elektron savdo platformalaridagi takliflar asosida shakllantirilgan.
Kvartiralar: 1 kvadrat metr uchun eng yuqori narx Samarqandda qayd etilgan — 11,8 mln so‘m. Qo‘qonda bu ko‘rsatkich 7 mln so‘m, Urganchda — 6,9 mln so‘m, Kattaqo‘rg‘onda — 6,3 mln so‘mni tashkil etadi.
Hovli uylar: 1 sotix narxi bo‘yicha ham Samarqand yetakchi — o‘rtacha 472,1 mln so‘m. Urganchda bu ko‘rsatkich 318,5 mln so‘m, Xivada — 260,3 mln so‘m, Qo‘qonda — 198,6 mln so‘m.
Noturar obyektlar: 1 kvadrat metr uchun Samarqandda o‘rtacha narx 12,9 mln so‘mni tashkil etadi. Urganchda bu ko‘rsatkich 7,7 mln so‘m, Kattaqo‘rg‘on va Qo‘qonda esa 7 mln so‘mdan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
