O‘zbekistonda 5–6 sentabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +35 darajagacha ko‘tariladi

5–6 sentabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
5-sentabr, shanba kuni respublikaning aksariyat hududlarida kunduzgi havo harorati +28…+33 daraja, janubda esa +35 darajagacha bo‘ladi. Farg‘ona vodiysida harorat +23…+28 daraja atrofida saqlanadi. Kechasi va erta tongda +13…+18 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
6-sentabr, yakshanba kuni havo harorati 2–3 darajaga ko‘tariladi. Respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Shimoliy va tog‘li hududlarda bulutlilik o‘zgarib turadi. Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
5-sentabr kuni respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida shamol tezligi ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi ehtimoli bor.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni havo +30…+32 darajagacha, yakshanba kuni esa +32…+34 darajagacha isiydi. Kechasi harorat +16…+18 daraja atrofida bo‘ladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
