Yangiliklar/Texnologiya

O‘zbekiston MDHda venchur bitimlari soni bo‘yicha yetakchiga aylandi

Texnologiya 5 sentyabr, 18:15
O‘zbekiston MDHda venchur bitimlari soni bo‘yicha yetakchiga aylandi

2026-yil yanvar–iyun oylarida Rossiyadan tashqari MDH mamlakatlarida 58 ta venchur bitimi tuzildi. Venchur investitsiya — bu tez rivojlanish imkoniyatiga ega startap va yangi loyihalarga mablag‘ kiritishdir. Ularning umumiy qiymati 143,2 mln dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston 44 ta bitim bilan yetakchi bo‘ldi. Bu mintaqadagi jami bitimlarning to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘idir. Bu haqda Dsight kompaniyasining «Venchur Yevroosiyo» hisobotida ma’lum qilingan.

Mintaqadagi investitsiyalarning 92 foizi Uzum bilan tuzilgan bitta yirik bitimga to‘g‘ri kelgan. Ushbu raund hisobga olinmasa, Rossiyadan tashqari MDH davlatlaridagi investitsiyalar hajmi 11,7 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lardi.

Birinchi yarim yillikda O‘zbekistondagi ikkita venchur fond ham qo‘shimcha mablag‘ jalb qildi:

  • Yoshlar Ventures kapitalini 10 mln dollarga oshirib, 20 mln dollarga yetkazdi;
  • IT Park Ventures yana 20 mln dollar jalb qilib, kapitalini 30 mln dollarga yetkazdi.

Startaplarni sotish yoki ularni boshqa kompaniyalar tomonidan sotib olish bilan bog‘liq bitimlar soni kamligicha qolmoqda. 2026-yilning dastlabki olti oyida MDH davlatlarida uchta M&A/exit bitimi qayd etildi. Ularning barchasi Qozog‘istonda amalga oshirilgan.

8560

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→