Yangiliklar/Jamiyat

Oʻzbekiston Markaziy banki talabalar uchun maxsus stipendiya olish uchun tanlov e’lon qildi

Jamiyat 3 sentyabr, 11:34
Oʻzbekiston Markaziy banki talabalar uchun maxsus stipendiya olish uchun tanlov e’lon qildi

Oʻzbekiston Markaziy banki mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qildi. Arizalar 2026-yil 11-sentyabrga qadar Markaziy bankning Telegram-boti orqali qabul qilinadi.

Stipendiya iqtisodiyot, bank ishi, moliya, huquqshunoslik, IT va boshqa turdosh yoʻnalishlarda kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun moʻljallangan. Stipendiya miqdori kamida 3 ta bazaviy hisoblash miqdorini tashkil etadi. Gʻoliblar, shuningdek, haftasiga 15 soatgacha Markaziy bank bo‘linmalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Nomzodlar uchun asosiy talablar quyidagilardan iborat: oxirgi o‘quv yili bo‘yicha yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lish, davlat tilini mukammal bilish, shuningdek rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida egallagan bo‘lish. ACCA sertifikati, IELTS 7.0 va undan yuqori natija, katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data) bilan ishlash ko‘nikmalari hamda xalqaro olimpiadalardagi g‘alabalar nomzodlarga ustunlik beradi.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

  • 15-sentabr — mutaxassislik fanlari va mantiq bo‘yicha masofaviy test sinovi;
  • 16-sentabr — Google Meet platformasida xorijiy tilda suhbat;
  • 18-sentabr — ekspertlar guruhi bilan suhbat.
4170

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→