O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy raqamli avtomobillarni vaqtincha olib kirishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda fuqarolarga xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillarni shaxsiy foydalanish uchun vaqtincha olib kirishga ruxsat berilishi mumkin. Bu norma “Yangi bojxona – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident farmonida nazarda tutilgan.
Bojxona qo‘mitasi va Adliya vazirligiga xorijda ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Bunda bojxona to‘lovlari bo‘yicha ta’minot taqdim etilishi talab etiladi.
Hozirda soddalashtirilgan tartib faqat chet el fuqarolari uchun amal qiladi. Ular xorijiy raqamli avtomobillardan O‘zbekistonda bir kalendar yili davomida 90 kungacha bojxona to‘lovlarisiz foydalanishi mumkin. O‘zbekiston fuqarolari uchun esa bunday mexanizm mavjud emas.
O‘zgartirishlar qabul qilinganidan so‘ng, ushbu imkoniyatdan xorijda yashayotgan yoki ishlayotgan va yurtga o‘z avtomobilida tashrif buyuradigan o‘zbekistonliklar ham foydalanishi mumkin bo‘ladi. Qonun loyihasini 2027-yil dekabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritish rejalashtirilgan.
Strategiya bojxona tartib-taomillarini yanada raqamlashtirishni ham nazarda tutadi. 2030-yilga borib bojxona rasmiylashtiruvlarining 60 foizini inspektor ishtirokisiz amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2026-2028-yillarda davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlari yaqinida avtoturargohlar, logistika infratuzilmasi va bojxona terminallari barpo etilishi ko‘zda tutilgan. 2027-yil 1-apreldan esa import bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun qo‘shma soliq va bojxona tekshiruvlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
