Yangiliklar/Jamiyat

Xitoy tezyurar poyezdi Andijonga yetkazildi

Jamiyat 31 avgust, 18:33
Xitoy tezyurar poyezdi Andijonga yetkazildi

Andijonga Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy tezyurar elektropoyezd olib kelindi. Ayni paytda tarkib foydalanishga topshirilgunga qadar sinovdan oʻtkazilmoqda, deb xabar berdi Andijon viloyati hokimligi.

Poyezd 415 yoʻlovchiga moʻljallangan boʻlib, 160 km/soat tezlikka erisha oladi. Ishga tushirilgandan soʻng, Toshkent va Andijon oʻrtasidagi qatnov vaqti taxminan uch soatga qisqaradi, hozirgi temir yoʻlda esa olti soatga yaqin vaqt ketadi.

Poyezd modeli hali rasman aytilmagan. Biroq tashqi koʻrinishidan poyezd Oʻzbekiston temir yoʻllarida qoʻllanila boshlangan Xitoyning CR200J elektropoyezdiga oʻxshaydi. Ilgari xuddi shunday poyezd Urganch – Xiva yoʻnalishida qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi. CR200J elektropoyezdi ham 160 km/soat tezlikka erishadi va 400 ga yaqin yoʻlovchini sigʻdira oladi. Yoʻlovchilarga VIP, biznes va ekonom klass vagonlari, bepul Wi-Fi, mobil qurilmalarni quvvatlantirish uchun rozetkalar, konditsioner va isitish tizimlari, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus oʻrindiqlar taqdim etilgan.

9260

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→