30-avgust Oʻzbekiston tarixidagi eng issiq kunlardan biri boʻldi

30-avgust kuni O‘zbekistonning qator hududlarida havo harorati o‘nlab yillar avval qayd etilgan ko‘rsatkichlarga yetdi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim shaharlarda XX asrning birinchi yarmidagi rekordlar takrorlandi, Navoiyda esa avgust oyining oxiri uchun yangi maksimal ko‘rsatkich qayd etildi.
Samarqandda havo harorati 38 darajagacha ko‘tarilib, 1937-yil 30-avgustda qayd etilgan rekord natijani takrorladi. Buxoroda esa harorat 39,3 darajaga yetib, 1945-yildagi rekord ko‘rsatkich bilan tenglashdi.
Sirdaryo viloyatida termometr ustunlari 38,1 darajani ko‘rsatdi. Xuddi shunday harorat ushbu sanada 2025-yilda ham kuzatilgan edi.
Eng yuqori harorat Navoiyda qayd etildi. Bu yerda havo 40,5 darajagacha qizib, 30-avgust uchun yangi rekord o‘rnatdi. Avvalgi maksimal ko‘rsatkich 2010-yilda qayd etilgan bo‘lib, 38 darajani tashkil qilgan.
Sinoptiklar anomal issiq ob-havoni janubdan kirib kelgan juda iliq havo massalari va mamlakat hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib qolayotgani bilan izohlamoqda. Kalendar yoz yakunlanayotganiga qaramay, issiq hali ham chekinmayapti. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 31-avgust kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat +30...+35 daraja, janubiy hududlarda esa ayrim joylarda +40...+42 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda esa shamolning tezligi 20-22 m/s ga yetishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Toshkentda kunduz kuni havo harorati +33...+35 daraja atrofida bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
