Yangiliklar/Siyosat

Toshkentda Narendra Modini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Siyosat 30 avgust, 12:28
Toshkentda Narendra Modini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

30-avgust kuni Koʻksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻlib turgan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev martabali mehmonni samimiy qutlab, uni rasmiy tadbirlarda ishtirok etish uchun qarorgohning markaziy maydoniga taklif qildi. Marosimda ikki davlatning davlat bayroqlari koʻtarilib, faxriy qorovul safi tuzildi, Oʻzbekiston va Hindiston davlat madhiyalari yangradi.

Shundan soʻng davlat rahbarlari faxriy qorovul safidan oʻtib, ikki davlat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladilar. Qoʻshma suratga olish marosimi yakunida Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi oliy darajadagi muzokaralarni boshladi. Tomonlar Oʻzbekiston-Hindiston strategik sherikligini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sarmoya jalb etish va turli sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi.

8710

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→