Shavkat Mirziyoyev Bishkekdagi ShHT sammitida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 31-avgust va 1-sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida boʻladi. Davlat rahbari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida, shuningdek, ShHT plyus formatidagi majlisda ishtirok etadi.
Sammit ishtirokchilarining diqqat markazida tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ShHT faoliyatini takomillashtirish masalalari, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar boʻladi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha ShHT tashkil etilganining 25 yilligiga bagʻishlangan Bishkek deklaratsiyasini, shuningdek, xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, ekologiya, sun’iy intellekt va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan. Sammit doirasida Oʻzbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi.
Tashrif dasturidan Shavkat Mirziyoyevning Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan VI Jahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilish marosimidagi ishtiroki ham oʻrin olgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
