Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekiston va Belarus prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Siyosat 30 avgust, 19:10
Oʻzbekiston va Belarus prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

30-avgust kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston rahbari Belarus rahbarini tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, Belarus xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi. Oʻz navbatida, Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev va koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, mamlakatimiz yanada taraqqiyot va farovon boʻlishini tiladi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Belarus strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan, Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil 8-9 iyul kunlari Minskka rasmiy tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari turli darajadagi aloqalar va almashinuvlar, jumladan, ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Yil boshidan buyon oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 28 foizga oshgani alohida ta’kidlandi. Qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, yengil sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda. Prezidentlar boʻlajak ikki tomonlama uchrashuvlar va qoʻshma tadbirlar jadvalini ham muhokama qildi.

9280

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→