Yangiliklar/Siyosat

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi

Siyosat 29 avgust, 21:23
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 29-avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida Hindiston hukumati rahbarini davlatimiz rahbari shaxsan kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari koʻtarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 30-avgust kuni boʻlib oʻtadi. Muzokaralar chogʻida tomonlar Oʻzbekiston-Hindiston munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek, turli sohalardagi qoʻshma loyihalarni muhokama qilishlari mumkin. Narendra Modining davlat tashrifi Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

5640

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→