31-avgust va 1-sentabr kunlari muzeyga kirish arzonlashadi

Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz aholisi va mehmonlari uchun madaniyat maskanlariga tashrif buyurish uchun maxsus chegirmalar tayyorlandi. 31-avgust va 1-sentabr kunlari muzeylar va tarixiy obidalarga kirish chiptalari 20 foizgacha chegirma bilan sotiladi.
Imtiyozli taklif Madaniy meros agentligi tizimiga kiritilgan 114 ta davlat muzeylari va muzey-qoʻriqxonalari, shuningdek, tarixiy obidalarga taalluqlidir. Bayram kunlari mahalliy hokimliklar bilan birgalikda madaniy meros obyektlarida madaniy-koʻngilochar tadbirlar, yarmarkalar, bayram tadbirlari oʻtkazish rejalashtirilgan.
Tashkilotchilar aholi va sayyohlarni dam olish kunlarini oʻz oilalari va yaqinlari davrasida oʻtkazish, mamlakatning muzeylari, me’moriy yodgorliklari va boshqa diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishga taklif qilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
