Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29-30-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi.
Muzokaralar chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi. Asosiy e’tibor siyosiy muloqot, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, savdo, energetika, kimyo sanoati, geologiya, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi va mashinasozlik sohalarida qoʻshma loyihalarni ilgari surish rejalashtirilgan.
Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar, koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni muhokama qiladilar. Tashrif yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston-Hindiston hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolanishi kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
