Yangiliklar/Jamiyat

«KAPITAL SUG‘URTA» AJ litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi

Jamiyat 26 avgust, 10:32
«KAPITAL SUG‘URTA» AJ litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga muvofiq, «KAPITAL SUG‘URTA» AJga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi va kompaniyaning sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasi amal qilishi 2026-yil 26-avgustdan boshlab 10 kunga to‘xtatildi.

Litsenziya 2022-yil 22-noyabrda 049696-son bilan berilgan. Litsenziya amal qilishi to‘xtatilgan davrda «KAPITAL SUG‘URTA» AJga yangi sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalarini tuzish, shuningdek, amaldagi shartnomalar muddatini uzaytirish taqiqlanadi.

Shu bilan birga, kompaniya avval tuzilgan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.

Vakolatli organ sug‘urta xizmatlari iste’molchilarini litsenziya amal qilishining to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar kompaniya bilan yangi sug‘urta shartnomalarini tuzmaslikka chaqirdi.

7470

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→