2026-yilning eng daromadli filmlari e’lon qilindi

Yilning eng kassabop filmi “O‘rgimchak odam: Yangi kun” (Spider-Man: Brand New Day) bo‘ldi. Kartina jahon prokatida 2,22 milliard dollar daromad yig‘ib, 2026-yilning mutlaq yetakchisiga aylandi. Film tarixdagi atigi bir hafta ichida 1 milliard dollarlik marrani zabt etgan ikkinchi kinoasar sifatida ham qayd etildi.
Ikkinchi o‘rinni rejissyor Kristofer Nolan suratga olgan “Odisseya” egalladi. Filmning umumiy kassa yig‘imi 1,45 milliard dollarni tashkil etdi. Uchinchi pog‘onadan esa mashhur animatsion franshizaning davomi bo‘lgan “O‘yinchoqlar tarixi 5” joy oldi. Kartina 1,13 milliard dollar daromad keltirdi.
Shuningdek, milliard dollarlik filmlar qatoridan pop musiqasi qiroli haqida hikoya qiluvchi “Maykl” biografik filmi hamda “Super Mario Galaxy kinoda” animatsion loyihasi o‘rin oldi.
Yilning eng katta syurprizlaridan biri esa “Egallanish” (Possession) nomli qo‘rqinchli film bo‘ldi. Filmni suratga olish uchun 1 million dollardan kam mablag‘ sarflangan bo‘lsa-da, u prokatda 502 million dollar ishlab topdi. Mutaxassislar bunday natijani tomoshabinlar tavsiyalari va ijtimoiy tarmoqlardagi faol muhokamalar bilan izohlashmoqda. Film ilk dam olish kunlaridayoq 17 million dollar yig‘gan va keyinchalik uning ommabopligi keskin oshgan.
2026-yilning eng kassabop 10 filmi
- “O‘rgimchak odam: Yangi kun” — 2,22 milliard dollar;
- “Odisseya” — 1,45 milliard dollar;
- “O‘yinchoqlar tarixi 5” — 1,13 milliard dollar;
- “Maykl” — 1,02 milliard dollar;
- “Super Mario Galaxy kinoda” — 1,01 milliard dollar;
- “Iblis Prada kiyadi 2” — 693 million dollar;
- “Ave Mariya loyihasi” — 684 million dollar;
- “Pegas-3” — 641 million dollar;
- “Minionlar va mahluqlar” — 506 million dollar;
- “Egallanish” — 502 million dollar.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
