Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” istirohat bogʻi tashkil etildi

23-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda Ozarbayjon bogʻi qurilishiga start berdi.

Yangi jamoat maskani uchun 4 gektar yer maydoni ajratildi. Bu yerda tashrif buyuruvchilarni Ozarbayjonning boy madaniyati, ko‘p asrlik tarixi va milliy an’analari bilan tanishtiradigan zamonaviy bog‘ barpo etilishi rejalashtirilgan.
Loyiha o‘zaro hamkorlik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda. Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi chog‘ida Bokuning “Oq shahar” hududida “O‘zbekiston” bog‘i qurilishiga tamal toshi qo‘yilgan edi.
Yangi Toshkentdagi “Ozarbayjon” bog‘i va Bokudagi “O‘zbekiston” bog‘i ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yangi ramzlariga aylanishi kutilmoqda. Ularning me’moriy yechimlarida O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarining madaniy merosi, milliy me’morchiligi va tarixiy an’analari o‘z aksini topadi.
Marosim yakunida davlat rahbarlari bo‘lajak bog‘ hududiga ramziy kapsula o‘rnatib, loyiha amalga oshirilishiga rasman start berdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
