Yangi Toshkentda Nizomiy universitetining 20 ming talabalik kampusi ochildi

23-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentdagi Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universitetining yangi talabalar shaharchasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbir boshlanishidan avval ikki davlat rahbarlari universitet nomi bilan atalgan atoqli ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy haykali poyiga koʻchat oʻtqazishdi.

Davlat rahbarlariga talabalar shaharchasi qurilishi, ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish hamda universitet majmuasini kengaytirish boʻyicha kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi. 40 gektar maydonda yangi talabalar shaharchasi qurilmoqda. Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilib, 20 ming talaba uchun oʻquv va ijtimoiy infratuzilmani yaratish, shuningdek, 5 ming oʻrinli yotoqxonalar qurishni koʻzda tutadi.
Birinchi bosqich doirasida 12 ming oʻquvchiga moʻljallangan besh qavatli oʻquv binosi hamda zamonaviy ta’lim standartlari asosida pedagog kadrlar tayyorlash uchun jihozlangan zamonaviy laboratoriya majmuasi qurildi.
Sardorlar oʻquv xonalari, ilmiy infratuzilma, axborot-resurs markazi hamda Nizomiy Ganjaviy merosiga bagʻishlangan muzey koʻrgazmasi bilan tanishdi. Muzeyda buyuk shoir hayoti va ijodiga oid materiallar, Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi koʻp asrlik madaniy-adabiy aloqalarni aks ettiruvchi koʻrgazmalar namoyish etilmoqda.

Prezidentlar ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik ikki qardosh xalq oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini, yoshlarni umumiy ma’naviy-tarixiy qadriyatlar asosida tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
