Toshkentning Shota Rustaveli koʻchasida “yashil toʻlqin” ishlay boshladi

Toshkentda “yashil to‘lqin” tizimi joriy etilgan yo‘llar soni kengayishda davom etmoqda. Navbatdagi shunday yo‘lak Shota Rustaveli ko‘chasida, Janubiy vokzal va Grand Mir Hotel mehmonxonasi oralig‘ida ishga tushirildi. Tizim harakatning ikkala yo‘nalishida ham ishlaydi.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTM) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tkazilgan sinovlar yo‘lda harakatlanish vaqti sezilarli darajada qisqarganini ko‘rsatdi. Janubiy vokzaldan Grand Mir Hotel tomon harakatlanganda safar vaqti 11 daqiqa 30 soniyadan 8 daqiqagacha qisqardi, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtashlar soni esa 6 tadan 2 tagacha kamaydi.
Qarama-qarshi yo‘nalishda ham natijalar yaxshilandi: yo‘lda harakatlanish vaqti 12 daqiqadan 8 daqiqa 30 soniyagacha qisqardi, to‘xtashlar soni esa 6 tadan 2 tagacha kamaydi. Shunday qilib, har ikki yo‘nalishda haydovchilar qariyb 3,5 daqiqa vaqt tejamoqda, bu esa avvalgi safar vaqtiga nisbatan qariyb 30 foiz kam degani.
YHTMda ta’kidlashlaricha, “yashil to‘lqin” barcha svetoforlarda yashil chiroq bir vaqtning o‘zida yonishini anglatmaydi. Tizim yo‘lning har bir qismidan o‘tish uchun ketadigan o‘rtacha vaqt hisobga olinib, chorrahalardagi svetoforlarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida ishlaydi. Agar haydovchi belgilangan tezlikka amal qilsa va bir maromda harakatlansa, keyingi svetoforga ruxsat beruvchi yashil chiroq yongan paytda yetib boradi.
Loyihaning asosiy maqsadi transport vositalari tezligini oshirish emas, balki harakatni yanada xavfsiz va uzluksiz tashkil etishdan iborat. Mazkur yo‘lak poytaxtdagi to‘rtinchi “yashil to‘lqin” koridori bo‘ldi. Avvalroq shunday tizim Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida, Kichik halqa avtomobil yo‘lining “Chilonzor” metro bekati yaqinidagi qismida hamda Amir Temur xiyoboni hududida joriy etilgan edi. YHTM ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim uchastkalarda svetoforlar sinxronlashtirilgach, yo‘lda harakatlanish vaqti 45 foizgacha qisqargan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
