Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari “Gaydar Aliyev” va “Oliy Darajali Doʻstlik” ordenlari bilan taqdirlandilar

Siyosat 24 avgust, 10:44
Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari “Gaydar Aliyev” va “Oliy Darajali Doʻstlik” ordenlari bilan taqdirlandilar

23 avgust kuni Koʻksaroy qarorgohida ikki davlat prezidentlariga Oʻzbekiston va Ozarbayjonning oliy davlat mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Oʻzbekistonning oliy davlat mukofoti – “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Mukofotni unga Shavkat Mirziyoyev topshirib, Ozarbayjon rahbarining ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan hissasini ta’kidladi. Oʻz navbatida, Ilhom Aliyev Oʻzbekiston rahbariyati va xalqiga berilgan yuksak baho uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston-Ozarbayjon hamkorligi yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Keyin Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Ozarbayjonning oliy davlat mukofoti – “Geydar Aliyev” ordeni topshirildi. Mukofotni Oʻzbekiston rahbariga Ilhom Aliyev topshirdi. Shavkat Mirziyoyev ordenni qabul qilar ekan, ushbu mukofotni Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi azaliy doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash yoʻlidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarning e’tirofi deb bilishini ta’kidladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Haydar Aliyevning Ozarbayjon taraqqiyotidagi tarixiy roli, ikki qardosh xalq oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasini alohida ta’kidladi. Tomonlar ittifoqchilik munosabatlarini yangi mazmun bilan toʻldirib, siyosiy, iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

6320

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→