Chevrolet Captiva PHEV Oʻzbekiston bozoriga chiqishi mumkin

UzAuto Motors O‘zbekiston bozoriga yangi Chevrolet Captiva PHEV modelini olib chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Model mamlakatning iqlim va yo‘l sharoitlarida sertifikat sinovlaridan o‘tkazilmoqda.
Yangi Captiva Xitoyda SAIC-GM-Wuling hamkorligida ishlab chiqarilayotgan Wuling Starlight S modeli asosida yaratilgan. U Chevrolet brendi ostidagi ilk ommaviy plug-in gibrid (PHEV) avtomobillardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Krossover 1,5 litrli atmosfera benzin dvigateli va 201 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Avtomobil 20,5 kVt·soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lib, E-CVT uzatmalar qutisi va old g‘ildirakdan tortish tizimi bilan taklif etiladi. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotlariga ko‘ra, Captiva PHEV faqat elektr rejimida 130 kilometrgacha, umumiy hisobda esa 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘ta oladi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi, maksimal tezligi esa 170 km/soatni tashkil etadi. Modelning o‘lchamlari 4745 × 1890 × 1685 mm, g‘ildirak bazasi esa 2800 mm. Shu sababli u O‘zbekiston bozorida mashhur bo‘lib borayotgan BYD Song Plus DM-i bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatlashishi mumkin.
Captiva PHEV raqamli asboblar paneli, 15,6 dyuymgacha bo‘lgan multimedia ekrani, simsiz quvvatlash, oltita havo yostig‘i va haydovchiga yordam beruvchi zamonaviy tizimlar bilan jihozlanadi. Yuqori komplektatsiyalarda adaptiv kruiz-nazorat, 360 darajali kamera, avtomatik tormozlash va harakatlanish yo‘lagida ushlab turish tizimlari ham mavjud.
Xalqaro bozorlarda model LT va Premier komplektatsiyalarida sotilmoqda. Ularning narxi taxminan 398-420 mln so‘m ekvivalentiga teng, biroq O‘zbekiston uchun rasmiy narxlar hozircha e’lon qilinmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
