Yangiliklar/Siyosat

Buxoroda Oʻzbekiston-Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni boʻlib oʻtmoqda

Siyosat 24 avgust, 12:53
Buxoroda Oʻzbekiston-Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni boʻlib oʻtmoqda

Shavkat Mirziyoyev 24-avgust kuni Oʻzbekiston-Ozarbayjon sammitining ikkinchi kunidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun Buxoroga keldi.

Tashrif avvalida davlat rahbari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Muqaddas qadamjoda Qur’on tilovat qilinib, yurt tinchligi, xalq farovonligi va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikning mustahkam bo‘lishi tilab duo qilindi.

Keyinroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi bilan birga Buxoroga keldi. Xalqaro aeroportda martabali mehmonlarni Shavkat Mirziyoyev va Oʻzbekistonning birinchi xonimi kutib oldi. Ozarbayjon delegatsiyasi sharafiga milliy qoʻshiq va raqslarni ijro etgan ijodiy jamoalar ishtirokida tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Mehmonlar sharafiga tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Unda milliy kuy-qo‘shiqlar yangrab, folklor va raqs jamoalari chiqish qildi.

Sammit dasturi doirasida davlat rahbarlari qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar. Shuningdek, hududdagi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish ham rejalashtirilgan.

3670

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→