Yangiliklar/Siyosat

Ozarbayjon prezidenti O‘zbekistonga rasmiy amaliy tashrifini boshladi

Siyosat 23 avgust, 16:00
Ozarbayjon prezidenti O‘zbekistonga rasmiy amaliy tashrifini boshladi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva 23-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi.

Yuqori martabali mehmonlarni «Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va birinchi xonim Ziroatxon Mirziyoyeva kutib oldi. Tashrif buyurganlar sharafiga ikki davlatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Sammit yakunlari bo‘yicha qator hujjatlarni imzolash, shuningdek, iqtisodiyot va gumanitar sohalardagi bir qator loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

5250

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→