Qozogʻistonda sodir boʻlgan YTHda uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi

Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatida Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida halokatli YTH sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
YTH 22-avgust kuni soat 06:47 da Qorabutoq – Qiziloʻrda – Chimkent avtomobil yoʻlining 1831-1836-kilometrida sodir boʻlgan. Nexia-2 yengil avtomobili va KamAZ yuk mashinasi toʻqnashib ketdi. Nexia-2 salonida boʻlgan uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi voqea joyida halok boʻldi.
Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzdi. Halok boʻlganlarning jasadlarini vataniga yetkazish, oila a’zolariga yordam koʻrsatish choralari koʻrilmoqda. Oʻzbekistonlik mutaxassislar qozogʻistonlik hamkasblari bilan aloqada boʻlib, avariya sabablarini birgalikda aniqlashmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
