Yangiliklar/Texnologiya

“Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning ilk kosmik suratini yubordi

Texnologiya 21 avgust, 10:14
“Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning ilk kosmik suratini yubordi

“Samarqand-2028” giperspektral sun’iy yoʻldoshi Samarqandning kosmik tasvirini Yerga uzatdi. Tasvirni olish qurilmaning kosmik missiyasini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi boʻldi

Sun’iy yoʻldosh orbitaga 2026ғyil 5ғavgustda Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi tomonidan chiqarilgan. “Oʻzkosmos” agentligi mutaxassislari oʻzining bort tizimi uchun giperspektral ma’lumotlarning bir qismini Yerga yuborishdan oldin bevosita orbitada qayta ishlash imkonini beruvchi maxsus sun’iy intellekt modulini ishlab chiqdi.

“Oʻzkosmos” agentligi ma’lumotlariga koʻra, giperspektral tasvirlash texnologiyasi 20 dan ortiq spektral diapazondagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi. Bu sun’iy yoʻldoshdan qishloq xoʻjaligi ekinlari, suv resurslari, ekologik vaziyat, yerlarning holatini kuzatish va favqulodda vaziyatlarning oldini olishda foydalanish imkonini beradi.

Sun’iy yoʻldosh uchirilgandan keyingi birinchi olingan tasvir Afina tasviri edi.

3920

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→