Yangiliklar/Jamiyat

Oʻzbekiston aholisi goʻzallik saloni xizmatlariga 7 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ sarfladi

Jamiyat 21 avgust, 17:30
Oʻzbekiston aholisi goʻzallik saloni xizmatlariga 7 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ sarfladi

2026-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda sartaroshxonalar va goʻzallik salonlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 7,03 trillion soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi boʻyicha Toshkent shahri yetakchi boʻlib, sartaroshlik va goʻzallik salonlari xarajatlari 1,2 trillion soʻmga yetdi.

Shuningdek, eng yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan hududlarga quyidagilar kiradi:

  • Fargʻona viloyati – 986,7 mlrd.soʻm;
  • Samarqand viloyati – 838,7 mlrd.soʻm;
  • Namangan viloyati – 745,5 mlrd.soʻm;
  • Toshkent viloyati – 729,2 mlrd.soʻm.

Eng past koʻrsatkichlar qayd etilgan:

  • Sirdaryo viloyatiga – 100,6 mlrd.soʻm;
  • Jizzax viloyati – 148,1 mlrd.soʻm;
  • Navoiy viloyati – 220,9 mlrd.soʻm.

Boshqa hududlarda xizmatlar hajmi:

  • Qoraqalpogʻiston – 342,3 mlrd.soʻm;
  • Andijon viloyati – 461,4 mlrd.soʻm;
  • Buxoro viloyati – 240,7 mlrd.soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati – 440,1 mlrd.soʻm;
  • Surxondaryo viloyatiga – 234,7 mlrd.soʻm;
  • Xorazm viloyati – 340,4 mlrd.soʻm.
2,3970

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→