«Do‘stlik» postida sintetik giyohvand modda olib kirishga urinish holati aniqlandi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasiga qarashli «Do‘stlik» chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro bojxona xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazildi.
Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik davomida erkak kishi taqiqlangan moddani noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u son qismiga skotch yordamida 63 ta o‘ramni yashirib olgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qora, ko‘k va sariq rangdagi o‘ramlar hamda zip-paketlarda 127 gramm α-PVP sintetik giyohvand moddasi bo‘lgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, α-PVP inson ruhiyati va markaziy asab tizimiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan, sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi sintetik giyohvand moddalardan biri hisoblanadi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
