Yangiliklar/Jamiyat

“2026-yilgi tashabbus byudjeti” loyihalariga ovoz berish boshlandi

Jamiyat 21 avgust, 13:03
“2026-yilgi tashabbus byudjeti” loyihalariga ovoz berish boshlandi

Oʻzbekistonda 21-avgust soat 23:59 dan boshlab “Tashabbus budjet-2026” dasturining ikkinchi mavsumida saralashdan oʻtgan loyihalar boʻyicha ovoz berish boshlanadi.

Ovoz berish jarayoni 31-avgust kuni soat 23:59 gacha davom etadi. Bu davrda fuqarolar o‘z mahallasi, tumani yoki shahridagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorlik asosidagi loyihalar tashabbuskorlariga ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni 21-avgust soat 17:00 ga qadar tranzit hisob raqamlariga o‘tkazish zarurligini eslatdi.

Gʻoliblar ochiq ovoz berish natijalariga koʻra aniqlanadi. Fuqarolar tomonidan eng koʻp qoʻllab-quvvatlangan loyihalar amalga oshirish uchun moliyalashtiriladi. Vazirlik aholini ovoz berishda faol ishtirok etishga chaqirib, ularning tuman va shaharlarida qanday tashabbuslar amalga oshirilishi fuqarolarning tanlovi ekanligini ta’kidladi.

3980

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→