Toshkent osmonida AVION laboratoriya samolyoti parvozlari amalga oshiriladi

20-avgustdan boshlab Toshkent shahri ustida AVION laboratoriya samolyoti ishtirokida rejalashtirilgan uchuv tekshiruvlari amalga oshiriladi. Parvozlar «Uzaeronavigatsiya» markazi tomonidan aeronavigatsiya tizimlarini nazorat qilish doirasida tashkil etilmoqda.
Tekshiruvlar bir necha kun davom etadi. Shu vaqt ichida samolyot shaharning ayrim hududlari ustida past balandlikda turli manevrlarni bajarishi mumkin. Mazkur parvozlar yerusti navigatsiya uskunalarining aniqligi va ishonchliligini baholash, shuningdek, parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi. «Uzaeronavigatsiya» markazi O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasining aeronavigatsiya xizmatlari uchun mas’ul hisoblanadi.
Mutasaddilar poytaxt aholisidan xavotirga tushmaslikni so‘radi. Qayd etilishicha, samolyot parvozlari rejalashtirilgan texnik tekshiruvlarning bir qismi hisoblanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
