Yangiliklar/Siyosat

Bugun prezident va tadbirkorlar oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtadi

Siyosat 18 avgust, 11:03
Bugun prezident va tadbirkorlar oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtadi

18-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan oltinchi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor qatnashishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ilk bor mamlakatning turli hududlaridagi studiyalar orqali yana qariyb 25 ming nafar biznes vakili muloqotga ulanadi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlikni rivojlantirish va biznes yuritish uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan qator yangi tashabbuslar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar muhokama markazida bo‘lishi rejalashtirilgan:

  • tadbirkorlikning barqaror oʻsishini ta’minlash;
  • hududlarda tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish;
  • sun’iy intellekt, samarali boshqaruv va sarmoyani birlashtirgan ekotizimni rivojlantirish;
  • eksport salohiyatini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish;
  • ma’muriy toʻsiqlarni va tadbirkorlarga bosimni kamaytirish.

Tadbir Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda davlat rahbari ushbu hududda xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

3880

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→