Yangiliklar/Jamiyat

Yosh oʻqituvchilarga ishga joylashishda toifa beriladi

Jamiyat 17 avgust, 10:30
Yosh oʻqituvchilarga ishga joylashishda toifa beriladi

2026-yildan O‘zbekistonda maktablarga ilk bor ishga kirayotgan yosh mutaxassislar uchun yangi imtiyozlar joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-sonli qarori bilan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Imtiyozli (qizil) diplomga ega bakalavriat bitiruvchilari maktabga birinchi marta ishga kirganda attestatsiyadan o‘tmasdan ikkinchi malaka toifasini (katta o‘qituvchi lavozimi) oladi. Oddiy diplom egalari esa standart tartibda mutaxassis lavozimiga qabul qilinadi.

Barcha fanlarni va yakuniy attestatsiyani “a’lo” bahoga (90–100 ball) tamomlagan magistratura bitiruvchilariga ilk ishga joylashuvidayoq attestatsiyasiz birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) beriladi. Qolgan magistrlarga avvalgidek ikkinchi toifa berilishi saqlab qolinadi.

Bu yangilik maktablarga kuchli yosh kadrlarni jalb etish hamda ularni ilk ish kunidanoq yuqoriroq oylik maosh bilan ta’minlashga qaratilgan.

5850

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→