Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent maktablarida “Aqlli maktab” tizimi joriy etilmoqda

Jamiyat 17 avgust, 14:50
Toshkent maktablarida “Aqlli maktab” tizimi joriy etilmoqda

Toshkentning Sergeli tumanida “Aqlli maktab” tizimini joriy etish bo‘yicha pilot loyiha boshlandi. Dastlabki bosqichda loyiha 9-11-sinf o‘quvchilarini qamrab olmoqda. Loyiha doirasida yuqori sinflar joylashgan 345 ta o‘quv xonasiga zamonaviy intellektual kameralar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Hozirga qadar ulardan 177 tasiga uskunalar o‘rnatib bo‘lingan.

Yangi tizim o‘quvchilarning darslarga qatnashishini avtomatik tarzda qayd etish, maktab hududida begona shaxslarni aniqlash hamda ta’lim muassasalaridagi xavfsizlik darajasini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, kameralar o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini ham tahlil qilishi mumkin bo‘ladi.

O‘rnatilgan qurilmalar maxsus dasturiy ta’minot orqali Sergeli tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan Situatsion markaz bilan integratsiya qilinadi. Bu esa maktablardagi vaziyatni masofadan kuzatish va zarur hollarda tezkor choralar ko‘rish imkonini yaratadi.

Tasdiqlangan reja asosida qolgan o‘quv xonalariga kameralar o‘rnatish va ularni yagona tizimga ulash ishlari 2026-yil 25-avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Loyiha muvaffaqiyatli natija bersa, “Aqlli maktab” tizimi bosqichma-bosqich Toshkentdagi boshqa umumta’lim maktablarida ham joriy etilishi rejalashtirilgan.

4870

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→