Oʻzbekistonga elektromobillar importi 2,6 barobar oshdi

2025-yilning shu davriga nisbatan elektromobillar importi 2,6 barobarga yoki 23,5 mingta avtomobilga oshgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning birinchi yarmida ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillarni ham hisobga olganda, mamlakatga jami 24 355 ta avtomobil olib kirilgan edi.
Hisobot davrida import qilingan elektromobillarning umumiy qiymati 447,7 mln dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davridagi jami avtomobil importi qiymatidan 25,6 mln dollarga ko‘p. O‘zbekiston elektromobillar bozorining asosiy yetkazib beruvchisi hamon Xitoy bo‘lib qolmoqda. Yil boshidan buyon mamlakatga 37 560 ta elektromobil aynan Xitoydan olib kelingan. Bu jami importning 99,2 foiziga teng:
- 141 ta elektromobil Gonkongdan;
- 80 ta Janubiy Koreyadan;
- 42 ta Germaniyadan;
- 21 ta AQShdan import qilingan.
Boshqa davlatlar hissasiga esa jami 30 ta elektromobil to‘g‘ri kelgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1-aprel holatiga respublikada 109,2 mingta elektromobil ro‘yxatdan o‘tgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 68 foizga ko‘p. Elektromobillarning 79,85 mingtasi, ya’ni mamlakatdagi umumiy sonning 73 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlarda ham elektromobillardan foydalanish sur’atlari tezlashmoqda. Xususan:
- Samarqand viloyatida elektromobillar soni 2,6 barobarga;
- Xorazm viloyatida 2,1 barobarga;
- Sirdaryo viloyatida esa 98 foizga oshgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
