Oʻzbekistonda Prezident Administratsiyasi rahbarining vakolatlari kengaytirildi

14-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Hujjat Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, vakolatlari hamda uning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilab berdi.
Qonunga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari ilk bor mustaqil normativ-huquqiy hujjat maqomini oldi. Avval bunday hujjatlar amaldagi qonunchilikda alohida tur sifatida nazarda tutilmagan edi. Endilikda Administratsiya rahbarining farmoyishlari mamlakatdagi barcha davlat organlari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan majburiy ravishda ijro etilishi kerak bo‘ladi.
Yangi qonun amalda Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishlariga yuridik kuch beradi. Ular Konstitutsiya, qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilinadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari ham o‘z qarorlarini qabul qilishda bunday farmoyishlarga tayanishi mumkin bo‘ladi. Qonun kuchga kirgach, ushbu farmoyishlar hokimlar va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan normativ hujjatlar uchun huquqiy asoslardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
