Yangiliklar/Jamiyat

Namanganda avtobusdagi mojaro bo‘yicha qiz va erkakka jarima solindi

Jamiyat 12 avgust, 11:06
Namanganda avtobusdagi mojaro bo‘yicha qiz va erkakka jarima solindi

Namanganda 27-iyul kuni shahar avtobusida yuz bergan 18 yoshli qiz va 66 yoshli erkak o‘rtasidagi mojaro yuzasidan sud qarori e’lon qilindi.

Ish materiallariga ko‘ra, erkak qizning sonidan ushlagan. Shundan so‘ng qiz unga zarba bergan. Oqibatda erkakning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazmagan yengil tan jarohati qayd etilgan. Sud har ikki tomonning harakatlarini ma’muriy huquqbuzarlik deb topdi.

Qiz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 0,5 BHM miqdorida, ya’ni 206 000 so‘m jarima tayinlandi. Erkak esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi, ya’ni jinsiy shilqimlik bo‘yicha aybdor deb topildi. Unga 2 BHM miqdorida, ya’ni 824 000 so‘m jarima solindi.

6580

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→